Joriy yilda Antaliyaga 2,5 mlnga yaqin sayyoh keldi

Joriy yilning may oyi oxirigacha Antaliyaga havo yo'li bilan kelgan sayyohlar soni o'tgan yilning shu davriga nisbatan 223 foiz ortib, 2 million 415 ming 305 kishiga yetdi.

1836643

Viloyat Madaniyat va turizm boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 1-yanvardan 31-maygacha havo yo‘li bilan shaharga tashrif buyurgan sayyohlar soni 2 million 415 ming 305 nafarni tashkil etdi.

Joriy yilning 5 oyida shaharga kelgan sayyohlar soni o'tgan yilning shu davriga nisbatan 223 foizga oshdi.

Eng ko'p sayyoh yuborgan davlatlar 595 ming 837 kishi bilan Germaniya va 367 ming 749 kishi bilan Rossiya bo'ldi.

Britaniyadan esa, 282 ming 92 nafar sayyoh Antaliyaga keldi.

Antaliyaga 2020 yilning shu davrida 509 ming 362, o‘tgan yilning shu davrida esa 747 ming 159 sayyoh tashrif buyurgandi.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Antaliya

Aloqador xabarlar