Turkiya Rossiya tabiiy gazidan voz kechmoqchi emas...

Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Isroilga qilgan tashrifi chog‘ida ma'lum qildi.

1833624
Turkiya Rossiya tabiiy gazidan voz kechmoqchi emas...

 

Turkiya hozirgi bosqichda Rossiya tabiiy gazidan voz kechmoqchi emas, biroq energetika masalasini Isroildagi hamkasblari bilan muhokama qilishga tayyor.

Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Isroilga qilgan tashrifi chog‘ida ma'lum qildi.

“Energetika masalasi Turkiya va Isroil Energetika vazirlari o‘rtasida muhokama qilinadi. Agar Isroil Yevropaga to‘liq hajmda gaz eksportini yo‘lga qo‘ysa, Turkiya yagona iqtisodiy yo‘lakka aylanadi. Bizda energiya xavfsizligi nuqtai nazaridan hozircha hech qanday muammo yo‘q, Rossiyadan gaz sotib olmaslik to‘g‘risida esa qaror qilinmagan”, deydi Mavlud Chavusho‘g‘li.

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an ham Anqara Rossiya tabiiy gazidan voz kechishga qodir emasligini aytgan edi.

“Tabiiy gazning 50 foizini Rossiyadan olamiz. Biz uchun bu strategik masala. Biz ularni buza olmaymiz”, deya ta’kidlagan edi u turk yoshlari bilan bo‘lgan uchrashuvda.

Shuningdek, u Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan munosabatlarni uzish niyatida emasligini ham qo‘shimcha qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #tabiiy gaz , #Rossiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar