Jahon iqtisodiyoti 2-Jahon urushidan beri eng katta sinovni boshdan kechirmoqda

Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristalina Georgievaning Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida so'zlagan nutqida qayd etilgan.

1831517
Jahon iqtisodiyoti 2-Jahon urushidan beri eng katta sinovni boshdan kechirmoqda

 

Jahon iqtisodiyoti, ehtimol, Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng katta sinovga duch kelmoqda.

Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristalina Georgievaning Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida so'zlagan nutqida qayd etilgan.

U global iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi, inflyatsiyaning keskin oshishi, Kovid-19 pandemiyasi, 24-fevralda boshlangan Rossiya-Ukraina mojarosi va iqlim o‘zgarishi katta xavf tug'dirganiga e’tibor qaratdi.

Jahon iqtisodiyoti Ikkinchi jahon urushidan beri o‘zining eng katta sinovini boshidan kechirayotganini bildirgan Kristalina Georgieva, Ukrainadagi mojarolar va pandemiya bilan birga inqiroz ortidan inqiroz boshlanganini, shuning uchun ham odamlarning halok bo‘layotganini, o‘sish pasayganini va inflyatsiya ortganini aytdi.

"Inqiroz bir qator sabablarga ko‘ra yuzaga keldi, jumladan pandemiya va Ukrainadagi vaziyat. Bu oziq-ovqat va energiya narxlarining oshishi, yetkazib berish zanjirlarining uzilishi, mamlakatlar, kompaniyalar, oilalar uchun moliyaviy sharoitlarning keskinlashishiga olib keldi",-deydi u.

Dunyo bo'ylab oziq-ovqat va energiya narxlarining oshishi uy xo'jaliklariga salbiy ta'sir ko'rsatayotganiga e'tibor qaratgan XVJ rahbari, inqiroz katta qarzga ega zaif davlatlar uchun katta muammolar tug'dirganini va bu mamlakatlarning qarzlarini qayta qurish zarurati kun tartibiga kiritilganligini aytdi.

U shuningdek, boy mamlakatlarni savdo to‘siqlarini kamaytirishga yordam berishga, qarz muammosi bo‘lgan davlatlar va transchegaraviy davlatlarga yordam berishga va to‘lov tizimini takomillashtirishga chaqirdi.
Jahon iqtisodiyoti muammolarini hal qilish uchun Xalqaro valyuta jamg‘armasi bir nechta ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor qaratishni taklif qilmoqda.

Tovar taqchilligi va yuqori oziq-ovqat narxlari bilan kurashish uchun savdo to‘siqlarini yumshatish, mamlakatlarning qarz muammolarini hal qilish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun qarzdorlar va kreditorlar uchun aniq tartib va muddatlarni joriy etish shular jumlasidan.
Bundan tashqari, transchegaraviy to‘lovlarni modernizatsiya qilish kerak.

“Samarasiz to‘lov tizimlari iqtisodiy o‘sish yo‘lidagi yana bir to‘siqdir. Xalqaro transferning o‘rtacha narxi 6,3 foizni tashkil qiladi. Bu yiliga 45 milliard dollarga yaqin mablag‘ vositachilar qo‘liga o‘tkazilib, millionlab kam ta’minlangan oilalardan tortib olinayotganini anglatadi”,-deb ma'lum qiladi Xalqaro valyuta jamg‘armasi.


Tanlangan kalimalar: #Xalqaro valyuta jamg‘armasi , #XVJ

Aloqador xabarlar