Dam olish kunlari Antaliyaga 45 ming sayyoh kelmoqda

Dam olish kunlarida Antaliyaga 45 mingga yaqin xorijlik sayyoh kelmoqda. Quyoshi, qumi va plyajlari, tarixi, tabiati va madaniy qadriyatlari bilan dunyoning turli burchaklaridan sayyohlarni o'ziga tortayotgan Antaliyada mavsum tez boshlandi.

1829646
Dam olish kunlari Antaliyaga 45 ming sayyoh kelmoqda

 

Dam olish kunlarida Antaliyaga 45 mingga yaqin xorijlik sayyoh kelmoqda.

Quyoshi, qumi va plyajlari, tarixi, tabiati va madaniy qadriyatlari bilan dunyoning turli burchaklaridan sayyohlarni o'ziga tortayotgan Antaliyada mavsum tez boshlandi.

Antaliya gubernatori Ersin Yaziji shaharning yoz mavsumiga tayyorligini bildirdi.

Shaharda zichlik boshlanganini ifoda etgan Yaziji , bu yilgi sayyohlar soni va daromad kutishlari yuqori ekanligini qayd etdi.

Yaziji, 24-fevraldan beri davom etayotgan Rossiya-Ukraina urushiga qaramay, shahardagi turizm faolligi ham Antaliya aholisini, ham sektorni xursand qilganini aytdi.

"Taxminan bir oydan buyon kuniga 25 mingdan 30 minggacha chet ellik sayyoh kelmoqda. Dam olish kunlari esa bu raqam kuniga 40 ming yoki 45 mingga yetadi". dedi.

Gubernator Yaziji  bu yil shaharga kelgan sayyohlarning millatida  ham  o'zgarishlar bo'lganini ta'kidladi.

O'tgan yili shaharga sayyoh yuborgan davlatlar ro'yxatida Rossiyaning qariyb 40 foiz sayyoh bilan ancha oldinda bo'lganini, ukrainalik sayyohlar esa taxminan 14 foiz bilan ikkinchi o'rinni egallaganini eslatgan gubernator Yaziji , Germaniya, Polsha va Angliyaning  5- o'rinda ekanligini qayd etdi.

Bu yil reytingning butunlay o'zgarganiga diqqat qaratgan Yaziji:

" Bu yil kelayotgan sayyohlarning 29,5 foizi Germaniyadan, 13,5 foizi Angliyadan, 13 foizi Rossiyadan, 6,40 foizi Niderlandiyadan va taxminan 4 foizi Polshadan. "Ukrainadan kelgan mehmonlarimiz tabiiy ravishda qisqardi. Biroq Yevropa va Shimoliy Yevropa ko'paydi. Sanoat Germaniya va Angliyadan kelganlarning ko'payishidan juda mamnun. Urushga qaramay, biz yaxshi mavsumni kutmoqdamiz ".

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Sayyoh , #Antalya , #Turkiya

Aloqador xabarlar