Joriy yilda Antaliyaga 1 million 112 ming 383 nafar sayyoh keldi

Shaharga eng koʻp sayyohlar Germaniya, Angliya va Rossiyadan kelgani ma'lum bo'ldi.

1821194
Joriy yilda Antaliyaga 1 million 112 ming 383 nafar sayyoh keldi

 

Turizm shahri Antaliyaga yanvar-aprel davrida havo yo'li orqali 1 million 112 ming 383 nafar sayyoh keldi.

Dengizi, qumi, quyoshi, tarixiy va tabiiy go'zalliklari, madaniy tuzilmalari va qadimiy shaharlari bilan dunyoning muhim turizm yo'nalishlaridan biri bo'lgan Antaliya turli mamlakatlardan sayyohlarga mezbonlik qilmoqda.

Antaliya Madaniyat va turizm boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 1-yanvardan 30-aprelgacha havo yo'li bilan shaharga kelgan sayyohlar soni o'tgan yilning shu davriga nisbatan 162 foizga oshdi.

2020 yilda 431 ming 769, 2021 yilning yanvar-aprel davrida esa 423 ming 773 chet ellik sayyoh kelgan Antaliyada joriy yilning shu davrida 1 million 112 ming 383 sayyoh dam oldi.

Shaharga eng koʻp sayyohlar Germaniya, Angliya va Rossiyadan kelgani ma'lum bo'ldi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Antaliya

Aloqador xabarlar