Turkiya 2021 yil eng ko‘p tovarni Germaniya va AQSHga eksport qildi

Yevropa Ittifoqi va Turkiya o‘rtasidagi iqtisodiy aloqa bugungi kunga kelib yangi bosqichga ko‘tarilgan.

1798547
Turkiya 2021 yil eng ko‘p tovarni Germaniya va AQSHga eksport qildi

 

Turkiya ko‘plab mamlakatlar bilan iqtisodiy sohada mustahkam aloqa o‘rnatgan. Masalan, Yevropa iqtisodiy jamiyati tashkil topganidan buyon mintaqa davlatlari bilan yaqin hamkorlik qilmoqda.

Yevropa Ittifoqi va Turkiya o‘rtasidagi iqtisodiy aloqa bugungi kunga kelib yangi bosqichga ko‘tarilgan. Bilamiz, ЕИ yer yuzidagi eng yirik integratsiyalashgan iqtisodiy tashkilot sifatida xalqaro investitsiya kiritish bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Ittifoqqa a’zo 28 mamlakat jahon importi va eksporti bo‘yicha yetakchi. Bunda Turkiyaning ishtiroki ham salmoqli.

Aniqrog‘i, Turkiya iqtisodiyoti Yevropa Ittifoqi bilan yuqori darajada integratsiyalashgan. YeI-Turkiya Bojxona ittifoqi sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan bojxona to‘lovi va boshqa turli cheklovlarni olib tashlashdan tashqari integratsiya jarayonini osonlashtirishda hal qiluvchi vazifani bajaradi.

Bojxona ittifoqi turk firmalarining Yevropa ishlab chiqarish tarmoqlariga vertikal integratsiyalashuvini rag‘batlantiradi, Turkiya bojxona boshqaruvini modernizatsiya qilishga yordam beradi. Xullas, mamlakatning YeIga a’zoligi mintaqada iqtisodiy islohotlarni izchil davom ettirish imkonini yaratdi.

Turkiya 2021 yil eng ko‘p tovarni Germaniya va AQSHga eksport qilgan. Bu ikki mamlakat bilan savdo hajmi Turkiya umumiy eksportining 15 foiziga to‘g‘ri keladi. “Anadolu” agentligi xabar berishicha, “Norvegiya boylik jamg‘armasi” 2020 yil oxirigacha Turkiyadagi aksiyalariga 812 million dollar sarmoya kiritgan. Demak, ushbu davlatning iqtisodiy salohiyati ortmoqda.

So‘nggi yillarda mamlakatning iqtisodiy sheriklari ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratyapti. Jumladan, prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘on va AQSH yetakchisi Jo Bayden uchrashuvida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmini 21 milliard dollardan 100 milliard dollarga chiqarish maqsadi ilgari surildi. Yana bir ma’lumot: Turkiyada Germaniya sarmoyasi ishtirokida 7 ming 600 dan ziyod kompaniya faoliyat yuritmoqda.

Qolaversa, Turkiya rahbari Germaniya sobiq kansleri Angela Merkelning Istanbulga tashrifi chog‘ida tashqi savdo hajmini 50 milliard dollarga yetkazishni ko‘zlayotgani haqida ta’kidlagandi.


Tanlangan kalimalar: #Yevropa Ittifoqi , #eksport , #Turkiya

Aloqador xabarlar