Ukraina urush tufayli oziq-ovqat mahsulotlari eksportini to'xtatdi

Ukraina hukumati Rossiya bilan davom etayotgan urush tufayli oziq-ovqat tanqisligi xavfi tufayli ba'zi oziq-ovqat mahsulotlari eksportini to'xtatdi.

1791038

Kiyev hukumati bayonotida go‘sht, javdor, jo‘xori, grechka, shakar, tariq va tuz eksporti to‘xtatilishi, bug‘doy, makkajo‘xori, parranda go‘shti, tuxum va yog‘ eksportiga esa faqat Ukraina Iqtisodiyot vazirligining  tasdig’i bilan ruxsat berilishi qayd etilgan.

Ukraina Bosh vaziri Denis Shmihal yozma bayonotida shunday dedi.

"Biz Ukrainani barcha zarur narsalar bilan ta'minlashimiz kerak. Hukumat bir qator ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar va ishlab chiqarish uchun xomashyo eksportini cheklash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Oziq-ovqat xavfsizligini nazorat qilish hozirda Iqtisodiyot vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir", - dedi u. .

Rossiya askarlari 24 fevral kuni Ukrainaga hujum boshladi.

Tanlangan kalimalar: #To'xtatdi , #Eksport , #Mahsulot , #Urush , #Rossiya , #Ukraina

Aloqador xabarlar