Turkiyadan 12 davlatga 6776 tonna somon balig'i eksport qilindi

Sharqiy Qora dengiz Eksportchilar Uyushmasi (DKİB) tomonidan berilgan ma'lumotga ko'ra, ushbu mahsulot asosan Rossiya, Vyetnam, Yaponiya va Xitoyga eksport qilingan.

1764362
Turkiyadan 12 davlatga 6776 tonna somon balig'i eksport qilindi

 

Turkiyaning Trabzon va Rize viloyatlarida faoliyat yurituvchi firmalar tomonidan 12 davlatga 6776 tonna somon balig'i eksport qilindi.

Sharqiy Qora dengiz Eksportchilar Uyushmasi (DKİB) tomonidan berilgan ma'lumotga ko'ra, ushbu baliq turi tashqi bozorda turk somon balig'i sifatida brendga aylangan bo'lib, uning eksporti qizg'in davom etmoqda.

Ta'kidlanishicha, 2021-yilda Trabzon va Rizedan 12 davlatga 6776 tonna bo'lgan qiymati 35,5 million dollarlik turk somon balig'i eksport qilingan

Ushbu mahsulot asosan Rossiya, Vyetnam, Yaponiya va Xitoyga eksport qilingan.

Yangi eksport bozorlariga AQSH, Kanada va Tailand kabi davlatlar qo'shilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #eksport , #Turkiya

Aloqador xabarlar