Islomobod-Tehron-Istanbul yuk tashuvchi poyezd loyihasi ishga tushdi

Tarixiy Islomobod-Tehron-Istanbul yuk tashuvchi poyezd loyihasi kecha marosim bilan ishga tushdi.

1750932
Islomobod-Tehron-Istanbul yuk tashuvchi poyezd loyihasi ishga tushdi
islamabad-tahran-istanbul tren.jpg
islamabad-tahran-istanbul tren.jpg
islamabad-tahran-istanbul tren.jpg
islamabad-tahran-istanbul tren.jpg

Pokiston, Eron va Turkiya oʻrtasida yuk tashuvchi poyezd qatnovi takror ishga tushdi.

Ushbu qatnov doirasida kecha Pokiston poytaxti Islomobodda joylashgan Margalla poyezd stansiyasida marosim uyushtirildi.

Marosimda Pokiston Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy, Temir yo‘llar vaziri Muhammad Azam Xon Svati, Turkiyaning Islomoboddagi elchisi Ihsan Mustafa Yurdakul, Eronning Islomoboddagi elchisi Muhammad Ali Husayniy, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti nomidan rasmiylar va ko‘plab mehmon ishtirok etdi.

Qurayshiy ushbu marosimda soʻzlagan nutqida, “Islomobod-Tehron-Istanbul yuk tashuvchi poyezd loyihasi”ni tarixiy deb baholab, bu qadamning mintaqa savdo-sotig‘i uchun yangi darvozalar ochishini qayd etdi.

Loyihaning faqatgina uch davlat o‘rtasidagi savdoni rivojlantirish bilan cheklanib qolmasligiga e’tibor qaratgan Qurayshiy, Yevropa bilan ham yangi savdo yo‘llari ochish ehtimoli borligini qayd etdi.

Turkiyaning Islomoboddagi elchisi Yurdaqul esa Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasida muhim shaxdam qadam tashlanganini ta’kidlagan holda:

“Ushbu loyiha uzoq vaqtdan beri kun tartibida edi. Mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni, iqtisodiy va tijoriy oldi-berdini yaxshilaydigan qadam boʻladi”.-dedi.

Ihsan Mustafa Yurdaqul shuningdek, Islomoboddan yo‘lga chiqqan poyezdning oxirgi bekatining Istanbul bo‘lmasligi kerakligini safarning, Yevropaga qarab davom etishi zarurligini ifoda etdi.

Eslatib o‘tamiz:

Yuqorida nomi tilga olingan uch davlat o‘rtasida 2009-yili yo‘lga qo‘yilgan loyiha, Pokistondagi kechikishlar tufayli 2011-yili vaqtinchalik toʻxtatilgandi.

Ushbu loyihadagi temir yo‘li masofasi 6 ming 543 kilometrdan iborat.

 



Aloqador xabarlar