Kelasi yili 10 millionga yaqin kishining Turkiyada dam olishi kutilmoqda

Turkiya turizm boʻyicha yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi jarayonidan keyin erta tiklangan davlatlardan biri boʻldi.

1749138
Kelasi yili 10 millionga yaqin kishining Turkiyada dam olishi kutilmoqda

Turkiyaning turizm tarmogʻida 2022-yil uchun 10 millionga yaqin kishining oldindan joy ajratishi kutilayotgani bildirildi.

Turkiya sayyohlik agentliklari uyushmasi boshqaruv kengashi raisi Firuz Bagʻlikaya matbuotga bergan bayonotida, Turkiya turizm boʻyicha yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi jarayonidan keyin erta tiklangan davlatlardan biri ekanini belgilab oʻtgan holda:

“2020-yilga nisbatan sezilarli o‘sish qayd etdik. 2022-yilda 2019-yilga yaqinlashishni xohlaymiz chunki oʻrin ajratish ishlari shuni koʻrsatmoqda. 2023-yildan e’tiboran esa ketma-ket rekordlarga toʻla mavsum boʻladi degan fikrdamiz”.-dedi.

Gastronomiya va turizmning boshqa turlari birdaniga paydo boʻlgach, sayyohlar sonida yaxshi raqamlar qayd eta boshlaganliklarini ta’kidlagan Bagʻlikaya, dunyoning har burchidan oʻrin ajratish talablarining davom etganini ifoda etdi.

Turizmda kelasi mavsumdan umidlari katta ekanini bildirgan Bagʻlikaya,

2022-yili 10 millionga yaqin kishining oldindan joy ajratishi kutilayotgani ham oʻz soʻziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar