Turk lirasining dollarga nisbatan kursi 12,7 liradan 11,66 liraga tushdi

Turkiya va BAA savdo, energetika va boshqa sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha to‘qqizta shartnoma imzoladi.

1738562
Turk lirasining dollarga nisbatan kursi 12,7 liradan 11,66 liraga tushdi

 

“Birlashgan Arab Amirliklari Turkiyaga investitsiya kiritish uchun 10 mlrd dollar miqdorida mablag‘ ajratdi”, — dedi Abu-Dabi davlat investitsiya fondi (ADQ) raisi Muhammad Hasan as-Suvaydiy.

Xabar qilinishicha, Turkiya va BAA savdo, energetika va boshqa sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha to‘qqizta shartnoma imzolagan.

Hujjatlarni imzolash marosimi Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an va Abu-Dabi valiahd shahzodasi shayx Muhammad Ibn Zayd al-Nohyon o‘rtasidagi muzokaralar yakunida imzolandi.

Shundan so‘ng turk lirasining dollarga nisbatan kursi 12,7 liradan 11,66 liraga tushdi.

Yil boshidan buyon Turkiya valutasi 70 foizga qadrsizlandi. Yanvarda bir dollar 7,3 lira atrofida bo‘lgan bo‘lsa, 23 noyabr kuni 13,15 lirani tashkil etdi.


Tanlangan kalimalar: #valyuta , #Turkiya

Aloqador xabarlar