Qora dengizdagi “Turkali-2” qudug'ida kunlik 650 ming kub metr tabiiy gaz olindi

Turkiya Energiya va tabiiy manbalar vaziri Fotih Do’nmez Twitter’dagi sahifasi orqali bergan bayonotida “Turkali-2” qudug'ida rezervuar-2 va rezervuar-3 sinovlari 28-iyul kuni muvaffaqiyatli yakunlanganini aytdi.

1736907
Qora dengizdagi “Turkali-2” qudug'ida kunlik 650 ming kub metr tabiiy gaz olindi

 

Qora dengizdagi “Turkali-2” qudug'ida olib borilayotgan sinovlar kunlik 650 ming kub metr oqim bilan davom etmoqda.

Turkiya Energiya va tabiiy manbalar vaziri Fotih Do’nmez Twitter’dagi sahifasi orqali bergan bayonotida “Turkali-2” qudug'ida rezervuar-2 va rezervuar-3 sinovlari 28-iyul kuni muvaffaqiyatli yakunlanganini aytdi.

Do’nmez Qora dengiz hududidagi tabiiy gaz zaxiralari bo’yicha faoliyatning 21 soniyalik video tasvirlarini baham ko'rdi.

"2021-yilning 28-iyulida “Turkali-2” qudug'i rezervuar-2 va rezervuar-3 sinovlari muvaffaqiyatli yakunlandi. 2021-yilning 20-noyabrida “Turkali-2” qudug'idagi sinov kunlik 650 ming kub metr oqim bilan davom etmoqda. Qora dengiz gazi uchun 2023 yilgi maqsadimiz aniq va ravshan. Biz qadamma-qadam olg‘a intilamiz”,- Fotih Do’nmez dedi.

Vazir Antaliyada bo'lib o'tgan Turkiyaning energiya bo’yicha 11-sammitining ochilishida qilgan nutqida, Qora dengizdagi “Sakarya” uchastkasining gaz koni bilan bog'liq barcha muhandislik ishlari yakunlanganligini ma’lum qildi.

"Biz yuqori sifatli quvurlarga buyurtma berdik. 2022 yilning bahorida quvurlarni suv ostiga joylashtiramiz va birinchi payvandlash ishlarini amalga oshiramiz",- dedi vazir Fotih Do’nmez.

U to'rtinchi burg'ulash kemasi 2022-yilning bahorida Turkiyaga yetib kelishini aytdi.

"Bizning 4-kemamiz qo'shaloq minorali dizaynga ega va og'ir dengiz sharoitida ishlashga qodir. U hatto yuqori bosimli suv omborlarida ham xavfsizroq ishlaydi",- dedi Fotih Do’nmez.


Tanlangan kalimalar: #Qora dengiz , #Turkiya , #Turkali

Aloqador xabarlar