Qurg‘oqchilik 7 million Somali fuqarosini gumanitar yordamga muhtoj qilishi mumkin

BMT, qurg‘oqchilik 7 million Somali fuqarosini gumanitar yordamga muhtoj qilishi mumkinligini qayd etdi.

1732394
Qurg‘oqchilik 7 million Somali fuqarosini gumanitar yordamga muhtoj qilishi mumkin

Kelasi yili qurg‘oqchilik tufayli 7,7 million Somali fuqarosining gumanitar yordamga muhtoj bo‘lish ehtimoli borligi ma’lum qilindi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish idorasi (OCHA) tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, iqlim o‘zgarishi yuzasidan qurg‘oqchilikning ayniqsa Kismayo va Afmadov mintaqalarida avj olishi qayd etildi.

Bayonotda, kelasi yili qurg‘oqchilik tufayli 7 million kishining gumanitar yordamga muhtoj bo‘lishi mumkinligi ifoda etildi.  

Mintaqa aholisining qurgʻoqchilik tufayli hayvonlarining 80 foizidan ajraganiga e’tibor qaratilgan bayonotda, yogʻingarchilikning kamayishi yuzasidan suv muammosi tug‘ilishi mumkinligi taʼkidlandi.

Bayonotda, “Eng muhim ehtiyoj sog‘liq, oziq-ovqat va suvdir”,-degan ifodalarga o‘rin berildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Somali , #BMT , #qurg‘oqchilik

Aloqador xabarlar