Turkiya bu yil 9 oyda dunyoning 115 davlatiga choy eksport qildi

Turkiya bu yil 9 oyda dunyoning 115 davlatiga choy eksport qildi va undan 13 million 212 ming AQSh dollari daromad oldi.

1720374
Turkiya bu yil 9 oyda dunyoning 115 davlatiga choy eksport qildi

Turkiya 2021-yilning yanvar oyidan sentabr oyigacha dunyoning 115 davlatiga yoʻlga qoʻygan choy eksportidan 13 million 212 ming AQSh dollari daromad oldi.

Sharqiy Qora dengiz eksportchilari uyushmasi rahbari oʻrinbosari Ahmet Hamdi Gurdoʻgʻan mavzu haqida yozma ravishda bergan bayonotida, joriy yilning 9 oyida 3 ming 247 tonna choy eksport qilinganini bildirdi.

Gurdoʻgʻan eng koʻp choy eksport qilingan davlatning Belgiya, Germaniya, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Niderlandiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi ekanini qayd etdi.

Ahmet Hamdi Gurdoʻgʻan, choy eksport qilingan davlat sonining 115 ga yetishining muhim oʻsish ekaniga e’tibor qaratdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #choy eksporti

Aloqador xabarlar