Turkiya Afg‘onistonga 100 tonna bug‘doy urug‘i yubordi

Ochlikka chora to‘pish maqsadida Inson haq va erkinliklari Insonparvarlik yordami fondi tomonidan tayyorlangan 100 tonna bug‘doy urug‘i yuk tashuvchi mashinalar orqali Afg‘onistonga yuborildi.

1718037
Turkiya Afg‘onistonga 100 tonna bug‘doy urug‘i yubordi

Turkiyadan Afg‘onistonga 100 tonna bug‘doy urug‘i bo‘yicha yordami berildi.

Ochlikka chora to‘pish maqsadida Inson haq va erkinliklari Insonparvarlik yordami fondi tomonidan tayyorlangan 100 tonna bug‘doy urug‘i yuk tashuvchi mashinalar orqali Afg‘onistonga yuborildi.

Afg‘onistondagi so‘nggi inqirozdan keyin “Uni yolg‘iz qo‘ymang” degan shior ostida boshlatilgan harakat asosida Inson haq va erkinliklari Insonparvarlik yordami fondi mamlakatning Kobul, G‘azni, Maydon Shar, Saidobod, Tahor, Qunduz, Bog‘lon va Qandahor shahridagi 15 ming kishiga oziq-ovqat yetkazib berdi.

Ropp-rosa 60 tonnalik yordamdan eng chekka qishloqlarda yashagan yetim oilalar bilan nogiron fuqarolardan tashqari muhojirlarga oid lager va kasalxonalar ham foydalanar ekan mintaqaga oxiri uruq ham yuborildi.

Turkiyada Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan urug‘lar Eskishahar, Kirshehir va Qoniyadan 5 ta yuk tashuvchi mashinaga yuklanib, Afg‘onistonga jo‘natildi.

Iqlim, tuproq tuzilishi, o‘g‘itlash va sug‘orishga qarab mahsuldorligi o‘zgarib turuvchi urug‘lar olina boshlaganida ham afg‘onistonlik dehqonlar ham da oziq-ovqat muammosiga duch kelgan Afg‘oniston xalqi uchun umid manbai bo‘ldi.

 

 



Aloqador xabarlar