THY Yevropada eng ko‘p qatnov yo‘lga qo‘ygan ikkinchi shirkatga aylandi

Turk Havo yo‘llari (THY), Yevropada eng ko‘p qatnov yo‘lga qo‘ygan ikkinchi shirkatga aylandi.

1717796
THY Yevropada eng ko‘p qatnov yo‘lga qo‘ygan ikkinchi shirkatga aylandi

Turk Havo yo‘llari (THY), kundalik 1185 safari orqali Yevropada eng ko‘p qatnov yo‘lga qo‘ygan ikkinchi shirkatga aylandi.

Yevropa aeronavigatsiya xavfsizligini ta’minlash tashkilotining (EUROCONTROL), 4-10 oktabrdagi havo qatnovi ma’lumotlariga ko‘ra Yevropada bir haftada 162 ming 853 safar amalga oshirilgan.

Yangi turdagi koronavirus chora-tadbirlari doirasidagi cheklovlarning yirik qismining bekor qilinishi bilan Irlandiyaning “Ryanair” shirkati bir kunda 2 ming 316 qatnov yo‘lga qo‘ygan. Bu orqali Yevropaning eng ko‘p qatnov yolga qo‘ygan havo yo‘li shirkati sifatida qayd etildi.

Turk Havo yo‘llari bir kunda 1185 safari orqali ikkinchi o‘rinni egallar ekan “Easyjet” 1023 safari orqali uchunchi bo‘ldi. “Pegasus” esa 454 qatnovi orqali ro‘yhatning o‘ninchi qatoriga kiritildi.


Tanlangan kalimalar: #THY , #Yevropa , #EUROCONTROL

Aloqador xabarlar