Turkiyaning qishloq xo‘jaligi tarmog‘i eksportida rekord o‘rnatildi

Turkiya Eksportchilar majlisi ma’lumotlariga ko‘ra Turkiyaning qishloq xo‘jaligi tarmog‘i eksportida rekord o‘rnatildi.

1714389
Turkiyaning qishloq xo‘jaligi tarmog‘i eksportida rekord o‘rnatildi

Turkiyaning qishloq xo‘jaligi tarmog‘i o‘tgan oyda tashqi savdodan 2,7 ​​milliard dollardan ortiq daromad qo‘lga kiritib, bir oylik eksport bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

Turkiya Eksportchilar majlisi ma’lumotlariga ko‘ra Turkiyaning qishloq xo‘jaligi eksporti sentabr oyida o‘tgan yilning huddi shu davriga nisbatan 23,8 foizga o‘sib, daromadi 2 milliard 744 million 31 ming dollarga yetdi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i shu orqali tashqi savdoda rekord o‘rnatdi. Turkiyaning qishloq xo‘jaligi eksporti o‘tgan oyda umumiy eksportining 13,2 foizini tashkil etdi.

Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida o‘tgan oyda eng ko‘p g‘alla ekinlari, dukkakli o‘simliklar, yog‘li ekinlar va mahsulotlari sotildi va ulardan 847 million 634 ming dollar daromad olindi.

Ular eng ko‘p Iroqqa sotilar ekan undan 359 million 437 ming dollar daromad topildi.

Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i sentabr oyida Germaniyaga 192 million 453 ming dollarlik, Amerika Qo‘shma Shtatiga 145 million 645 ming dollarlik, Rossiyaga 102 million 449 ming dollarlik, Niderlandiyaga 70 million 938 ming dollarlik, Ispaniyaga 35 million 276 ming dollarlik eksport yo‘lga qo‘yildi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar