Turkiyaga sayohat qiluvchi britaniyaliklar sonining koʻpayishi kutilmoqda

Turkiyaga sayohat qiluvchi Britaniya fuqarolari sonining 3 oy ichida 200 ming atrofida boʻlishi kutilmoqda.

1709332
Turkiyaga sayohat qiluvchi britaniyaliklar sonining koʻpayishi kutilmoqda

Turkiyaga sayohat qiluvchi Britaniya fuqarolari sonining 3 oy ichida 200 ming atrofida boʻlishi kutilmoqda.

Turkiya Sayohat agentliklari uyushmasi (TÜRSAB) raisi Firuz Bagʻlikaya Anadolu axborot agentligiga (AA) bergan bayonotida, Buyuk Britaniyaning 22-sentabrdan e’tiboran Turkiyaning, sayohat ortidan majburiy mehmonxona karantinasini talab qilgan qizil roʻyxatidan chiqarilishi haqidagi qarorini ijobiy tusda baholaganliklarini ta’kidladi.

“Turkiyani sogʻinib, yurtimizda dam olishni istagan britaniyalik koʻplab mehmonlarimiz huddi shu qarorni kutayotgandi”.-degan ifodalarga oʻrin bergan Bagʻlikaya:

“Jet2 Holidays shirkati 23-sentabrdan boshlab Dalaman va Antaliya qatnovlarini boshlash haqida qaror qabul qildi. Shu bois ham Turkiyaning qizil roʻyxatdan chiqarilishi qarori turizmga ijobiy ta’sir koʻrsatadi degan fikrdamiz. Britaniyada oktabr oyida maktablarda oʻquv yilining kuzgi tatilga chiqishi rejalashtirilmoqda. Shu sababli, bolali oilalarning oktabr oyida yurtimizga boʻlgan jiddiy sayohat talabi bor. Shu nuqtai nazardan, 22-sentabrdan keyin oxirgi uch oyda Turkiyaga sayohat qiladigan Britaniya fuqarolari sonining qariyb 200 ming atrofida boʻlishini kutyapmiz”.-deya gapirdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Britaniya fuqarolari , #sayohat

Aloqador xabarlar