Turkiya eksporti yil oxirigacha 200 milliard dollardan ortishi mumkin

Fuat Oʻktay, prezidentlik kulliyasida Iqtisodiy koordinatsiya kengashi yigʻilishida nutq soʻzladi.

1695686
Turkiya eksporti yil oxirigacha 200 milliard dollardan ortishi mumkin

Vitse-prezident Fuat Oʻktay, Turkiya eksportining yil oxirigacha 200 milliard dollardan ortishi mumkinligini qayd etdi.

Fuat Oʻktay, prezidentlik kulliyasida Iqtisodiy koordinatsiya kengashi yigʻilishida nutq soʻzladi.

Oʻktay unda.

“Biz koʻrgan chora-tadbirlar natijasida ham joriy hisobdagi defitsitda, ham da inflyatsiyada yilning ikkinchi yarmida ijobiy tusdagi oʻzgarishlar kutilmoqda”. - dedi.

Vitse-prezident Oʻktay:

“Yil oxirigacha eksportimizning 200 milliard dollardan ortishi mumkinligini koʻrsatgan dalillar bor. Maqsadimiz qariyb 210 milliard dollarga yaqin eksport yoʻlga qoʻyishdir. Prezidentimiz tasdiqi asosida sentabr oyining ilk yarmida 2022-yildan 2024-yilgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga qamrab olgan Oʻrta muddatli dasturimizni chop etishni rejalashtirmoqdamiz”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.

 



Aloqador xabarlar