“Shimoliy oqim-2” loyihasida quvirlarni oʻrnatish ishining 99 foizi tamomlandi

“Gazprom” shirkati “Shimoliy oqim-2” tabiiy gaz loyihasida quvirlarni oʻrnatish ishining 99 foizini tamomlaganini ma’lum qildi.

1681752
“Shimoliy oqim-2” loyihasida quvirlarni oʻrnatish ishining 99 foizi tamomlandi

Rossiyaning “Gazprom” shirkati “Shimoliy oqim-2” tabiiy gaz loyihasida quvirlarni oʻrnatish ishining 99 foizini tamomlaganini ma’lum qildi.

“Shimoliy oqim-2” loyihasining ijrochi kompaniyasi “Nord Stream 2 AG” ning qayd etishicha, loyihada ishtirok etgan “Akademik Cherskiy” kemasi quvur oʻrnatish ishlarini tugatgan.

Loyihada xizmat qilgan “Fortuna” kemasining esa faoliyatini davom etayotgani ifoda etilgan bayonotda:

“Bu orqali Shimoliy oqim 2 loyihasida quvurlarni oʻrnatish ishlarining 99 foizi tamomlandi. Fortuna, loyihaning oxirgi qismi uchun oʻz xizmatini davom ettirmoqda”. - degan ifodalarga oʻrin berildi.

Umumiy qiymati 10 milliard yevro atrofida boʻlishi kutilgan “Shimoliy oqim-2” loyihasi orqali bir yilda 55 milliard kub metr rus gazining Boltiq dengizi orqali Germaniyaga yetkazib berilishi rejalashtirilmoqda.

Ukraina, Polsha va Boltiq boʻyi davlatlari qurilishiga qarshi chiqqan loyiha sheriklari orasida loyiha egasi Gaspromdan tashqari Shell, OMV, Engie, Uniper va Wintershall kabi kompaniyalar bor.

Amerika Qoʻshma shtatlari (AQSh) bilan Germaniya, 22-iyun kuni qabul qilgan qaror orqali “Shimoliy oqim-2” quvur liniyasi loyihasining tamomlanishiga ruxsat beruvchi shartnomaga qoʻl qoʻygandi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar