Turk Qizil yarim oy jamiyatidan Gʻazoga insonparvarlik yordami yuborildi

Turk Qizil yarim oy jamiyatining insonparvarlik yordami konvoyi, Gʻazo sektoriga yetib bordi.

1677195
Turk Qizil yarim oy jamiyatidan Gʻazoga insonparvarlik yordami yuborildi

Turk Qizil yarim oy jamiyatining insonparvarlik yordami konvoyi, “Refah” chegara darvozasidan oʻtib, qamal ostidagi Gʻazo sektoriga yetib bordi.

Misr va Gʻazo oʻrtasida joylashgan quruqlikdagi chegara darvozasi hisoblangan “Refah”dan oʻtgan 10 ta yuk mashinadagi insonparvarlik yordami Falastindagi Qizil yarim oy jamiyatiga topshirildi.

Insonparvarlik yordami ashyolari orasida oziq-ovqat paketlaridan tashqari tibbiy asbob-uskunalar, tozalovchi materiallar va kiyim-kechaklar bor.

Eslatib oʻtamiz Isroil qariyb 2 million falastinlik istiqomat qilgan Gʻazo sektorini, 2006-yildan beri quruqlik, dengiz va havo yoʻli orqali qamal ostida ushlab turipdi.



Aloqador xabarlar