Antaliya qariyb 2 haftada 307 ming 417 nafar rus mehmonga quchoq ochdi

Antaliya Covid-19 pandemiyasi paytida boshlatilgan “Xavfsiz turizm sertifikatlash dasturi” doirasida sogʻlom va xavfsiz dam olish manziliga aylandi.

1673984
Antaliya qariyb 2 haftada 307 ming 417 nafar rus mehmonga quchoq ochdi

Dunyoning eng muhim turizm destinatsiyalari qatorida oʻrin olgan Antaliya, qariyb 2 haftada 1 ming 95 aviaqatnov orqali uchib kelgan 307 ming 417 nafar rus mehmonga quchoq ochdi.

“Turizm poytaxti” deb ta’riflangan shahar dengizi, qumi, quyoshi bilan bir qatorda tarixiy va tabiiy goʻzalliklari, madaniy inshootlari, qadimiy shaharlari, hashamatli mehmonxonalari va turar joy binolari bilan ham dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan sayyohlarni qabul qilmoqda.

Antaliya Madaniyat va turizm vazirligi koordinatsiyasi bilan yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi paytida boshlatilgan “Xavfsiz turizm sertifikatlash dasturi” doirasida sogʻlom va xavfsiz dam olish manziliga aylandi.

Pandemiya doirasida qat’iy choralar koʻrilgan ta’sislarda, dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan mehmonlar sogʻlom va xavfsiz dam olish imkonidan foydalanmoqda.



Aloqador xabarlar