UNICEF Afrikaga Covid-19ga qarshi vaksına yuboradi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi UNICEF Afrikaga Covid-19ga qarshi vaksına yuboradi

1672819
UNICEF Afrikaga Covid-19ga qarshi vaksına yuboradi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF), Afrika ittifoqiga a’zo mamlakatlarga 220 million doza yangi turdagi koronavirusga (Covid-19) qarshi vaksina yuboradi.

UNICEF tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, qit’aga 2022-yilning oxirigacha Johnson&Johnson vaksinasining yetkazib berilishi uchun Belgiyaning Janssen Pharmaceutica NV shirkati bilan shartnoma imzolagan.

Joriy yil oxirigacha 35 million doza vaksinani yetkazib berishni nazarda tutgan bitim, talab qilingudek bo‘lsa unda yana 180 million doza vaksinaning ilova etilishiga imkon yaratadi.

UNICEF rahbari Henrietta Fore kelishuv ortidan bergan bayonotida, dunyoda vaksinalarga erishishning teng va adolatli emasligini ifoda etgan holda, qit’aga vaksına yuborilishi uchun yordam berish faoliyatlarining davom etganini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Afrika , #UNICEF , #vaksina , #Covid-19

Aloqador xabarlar