Yaqinda Rossiyaning 13 shahridan Turkiyaga takror aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi

Yaqinda Rossiyaning 13 shahridan Turkiyaga takror aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyila boshlaydi.

1670401
Yaqinda Rossiyaning 13 shahridan Turkiyaga takror aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi

Rossiyaning yana 13 shahridan Turkiyaga boʻlgan aviaqatnovlar 12-iyuldan boshlab qatnay boshlaydi.

Rossiya Federal havo transporti agentligi (Rosaviatsiya) tomonidan berilgan bayonotda, Rossiyadan Turkiyaga boʻlgan aviaqatnovlar sonining orttirilgani qayd etilar ekan shuningdek Rus va Turk Havo yoʻllarining 12 - iyuldan e’tiboran Rossiyaning 45 xalqaro aeroportidan parvoz qila olishi ma’lum qilindi.

Bayonotda ta’kidlanishicha ushbu qatnovlar Rossiyaning Barnaul, Belgorod, Volgograd, Voroney shaharlari shuningdek Kaluga, Krasnodar, Lipetsk, Nalchik, Orenburg, Saratov, Sochi, Tyumen, Yujno-Saxalinsk shaharlaridan yoʻlga qoʻyiladi. Huddi shu kunlari Izmirga boʻlgan qotnovlar ham faol ravishda ish boshlaydi.

Rossiya yangi turdagi koronavirusga (Kovid-19) qarshi kurash chora-tadbirlari doirasida 15-aprelda qabul qilingan qaror asosida Turkiya bilan aviaqatnovlarini toʻxtatgandi.

Rossiyadan kelgan bir hay’at 16 va 17 iyun kunlari Antaliyada boʻlib, Covid-19 tadbirlari toʻgʻrisida ma’lumot oldi.

Rossiya Bosh vaziri oʻrinbosari Tatyana Golikova, 18-iyun kuni Turkiyaga barcha qatnovlarning 22-iyundan boshlab qayta boshlashi haqida qaror qabul qilganliklarini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #aviaqatnov , #Rosaviatsiya

Aloqador xabarlar