Antaliyaga 8 kun ichida 120 ming turist keldi

Bu jarayonda Germaniya, Ukraina va Polshadan kelgan yo’lovchilar sonida jiddiy ortish kuzatildi.

1658250
Antaliyaga 8 kun ichida 120 ming turist keldi

 

Antaliyaga 8 kun ichida 120 ming turist keldi.

Mamlakatda pandemiyaga qarshi olingan chora tadbirlar o’z samarasini bera boshlashi bilan shaharda turizm mavsumi jonlana boshladi. Ushbu jonlanish aviaqatnovlar harakatiga ham ta’sir ko’rsatdi.

Fraport TAV Antaliya aeraportida bosh direktor Bilgixon Yilmaz pandemiyaning tarqalish darajasi pasaya boshlashi va vaksinatsiya kampaniyasining jadallik bilan olib borilishi natijasida turizm sektorida jonlanish qayd etilganligini ma’lum qildi.

Bu jarayonda Germaniya, Ukraina va Polshadan kelgan yo’lovchilar sonida jiddiy ortish kuzatildi.

“Bu jarayonda eng ko’p turist Ukrainadan keldi. Ularning soni 59 mingni tashkil qildi. 2019 yilga taqqoslanganda iyun oyining birinchi haftasida Ukrainadan kelgan turistlar sonida 50 foiz ortish kuzatildi. Antaliyaga Germaniyadan 17 ming, Polshadan 10 ming turist keldi”,-dedi Bilgixon Yilmaz.

Rossiyadan Turkiyaga sayohat cheklovlari bekor qilinishi bilan shu kunlarda rus turistlarning sonida katta ortish kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #turizm , #Turkiya , #Antaliya

Aloqador xabarlar