Turkiya Britaniyaga 4 mlrd 796 mln 420 ming dollarlik eksport amalga oshirdi

Turkiya joriy yilning yanvar-may oylari davomida Britaniyaga 4 mlrd 796 mln 420 ming dollarlik eksport amalga oshirdi. Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan 45.2 foiz ko’p demakdir.

1654625

Bu davrda Britaniyaga asosan avtomobil sanoati, elektronik mahsulotlar, tayyor kiyim va tekstil mahsulotlari eksport qilindi.

Turkiya eksportchilar majlisi ma’lum qilishicha, Turkiyaning eksporti o’tgan oyda 16 mlrd 480 mln 210 ming dollarni tashkil qildi. Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan 65.5 foiz ko’p demakdir.  Joriy yilning yanvar-may oylari davomida esa 38.3 foizga oshib, 85 mlrd 210 mln 653 ming dollarni tashkil qildi.

Eslatish joizki, Turkiya dekabr oyida Britaniya bilan erkin savdo shartnomasini imzolagandi.

Tanlangan kalimalar: #eksport , #Britaniya , #Turkiya

Aloqador xabarlar