Turkiya iqtisodiyoti joriy yilning dastlabki choragida 7 foizga o’sdi

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida jumladan, ishlab chiqarishda yalpi ichki mahsulot hajmi joriy yilning dastlabki choragida 29.1 foizga oshib, 1 trillion 386 mlrd 347 mln lirani tashkil qildi.

1648759
Turkiya iqtisodiyoti joriy yilning dastlabki choragida 7 foizga o’sdi

 

Turkiya iqtisodiyoti joriy yilning dastlabki choragida 7 foizga o’sdi.

Bu haqda Turkiya statistika qo’mitasi (TÜİK) ma’lum qildi.

Qo’mita hisobotida joriy yilning dastlabki choragida (yanvar-mart) amalga oshirilgan yalpi ichki mahsulot natijalari qayd etilgan.

Bunga ko’ra, yalpi ichki mahsulot hajmi joriy yilning dastlabki choragida o’tgan yilning ayni davriga nisbatan 7 foiz ortish ko’rsatdi.

Iqtisodiy o‘sish sur’ati iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ijobiy dinamika bilan bog‘liqdir.

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida jumladan, ishlab chiqarishda yalpi ichki mahsulot hajmi joriy yilning dastlabki choragida 29.1 foizga oshib, 1 trillion 386 mlrd 347 mln lirani tashkil qildi.

Turkiya savdo vaziri Mehmet Mush ushbu xabarni twitter orqali "quvonarli voqea" deb baholadi. Vazir eksport mamlakatda o'sish sur'atining yetakchisi bo'lishda davom etganligini ma'lum qildi.

"Tovar va xizmat sektori bo'yicha eksportimiz ushbu o'sish ko'rsatgichiga 1.1 foizlik hissa qo'shdi. Mana shunday yuqori ko'rsatgichni ta'minlashda mehnati singgan barchaga minnatdorlik bildiramiz",-dedi Turkiya savdo vaziri Mehmet Mush.

 

 


Tanlangan kalimalar: #yalpi ichki mahsulot , #Turkiya

Aloqador xabarlar