Aprel oyida Turkiya eksporti raqamida rekord o‘rnatildi

Aprel oyida Turkiya eksporti raqamida rekord o‘rnatildi. Bu haqida Savdo vaziri Mehmet Mush ma'lumot berdi.

1632926
Aprel oyida Turkiya eksporti raqamida rekord o‘rnatildi

Aprel oyida eksport raqamida rekord o‘rnatildi.

Savdo vaziri Mehmet Mush poytaxt Anqarada bergan bayonotida:

“Aprel oyida eksportimiz 109 foizga ortgan holda 18.8 milliard dollarni tashkil etdi. Bu, bugungi kungacha qayd etilgan aprel oyidagi eng yuqori eksport raqamidir”. - dedi.

Pandemiyadan oldingi 2019 - yil bilan solishtirganda eksportning aprel oyida 22.3 foizga ortgani va eksportning pandemiyadan oldingi saviyalardan ham yuqorida ekanini ifoda etgan Mehmet Mush, aprel oyidagi tashqi savdo kamomadining o‘tgan yilning huddi shu davriga nisbatan 31.9 foizga kamaygan holda 4.6 milliard dollardan 3.1 milliard dollarga pasayganini bildirdi.

Savdo vaziri, eksportning importga nisbatining ham aprel oyida 19.5 ball ortish bilan 85.7 foizga ko‘tarilganini qayd etdi.


Tanlangan kalimalar: #Mehmet Mush , #Turkiya eksporti raqami

Aloqador xabarlar