Turkiya transport va kommunikatsiya tizimiga 910,3 mlrd lira sarmoya kiritdi

Turkiyada "Transport va kommunikatsiyalarning yangi davri" strategiyasiga bag'ishlangan loyihalar davom etmoqda.

1623609
Turkiya transport va kommunikatsiya tizimiga 910,3 mlrd lira sarmoya kiritdi

 

Transport va kommunikatsiyalarning yangi davri

Turkiya 2002 yildan beri "Transport va kommunikatsiyalarning yangi davri" strategiyasi asosida modernizatsiya jarayonini davom ettirmoqda. Mana shu doirada transport va kommunikatsiya sohalarida keng qamrovli va samarali loyihalar amalga oshirilmoqda. Loyihalar mobillik, raqamlashtirish va logistika dinamikasi bilan shakllanadi.

2003 yildan buyon transport va kommunikatsiya sohasida samarali va muhim loyihalarni amalga oshirishga 910,3 milliard lira sarmoya kiritildi.

Turkiya transport va kommunikatsiyalarni iqtisodiy rivojlanishning asosi deb biladi. Shuning uchun bu sohada muhim loyihalarni 2071 yilgacha amalga oshirish rejalari ishlab chiqilmoqda.

 

Xalqaro aloqalar mustahkamlanadi

Turkiya barqaror transport va kommunikatsiya sohasida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni maqsad qilgan. Bu davlat-xususiy sheriklik modeli orqali muqobil moliyalashtirishni ta'minlashga qaratilgan. Ayni vaqtda, transport sarmoyalariga ustuvor ahamiyat bergan holda xalqaro aloqalarni mustahkamlash ko’zda tutilgan. Unda Turkiyaning xalqaro tahdidlarga qarshi kiber xavfsizligini ta'minlashga ham alohida e'tibor qaratilgan.

 

Pekin va Yevropani bog'laydigan loyihalar

Turkiya temir yo'l liniyalariga alohida e'tibor bergan holda bir qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Ulardan biri "Shimoliy liniya" deb nomlangan bo’lib, ushbu yo'nalish orqali Turkiya yuklarining 30 foizini Xitoy va Rossiyadan Yevropaga tranzit qilishni rejalashtirmoqda.

O’rta yo’lak va Boku-Tbilisi-Kars temir yo'li orqali yiliga 1500 ta poyezd qatnovini yo’lga qo’yish rejalashtirilgan.

 

Tijorat rivojlanib bormoqda

Turkiya dengiz transportiga katta ahamiyat beradi va shu paytgacha Ozarbayjon, Turkmaniston, Gruziya, Ukraina, O'zbekiston, Belorusiya, Qozog'iston va Moldova bilan kelishuvlarga erishdi. Ayni paytda Sloveniya, Eron, Iroq, Qirg'iziston, Litva va Pokiston bilan muzokaralar olib bormoqda. Bularning barchasi sarmoyadorlar uchun yangi imkoniyatlar hisoblanadi.


Tanlangan kalimalar: #kommunikatsiya , #transport , #Turkiya

Aloqador xabarlar