O‘tgan yili chet ellik 100 ming bemor tishini davolatish uchun Turkiyani tanladi

Turkiya sog‘likni saqlash turizmida dunyoning yetakchi 10 davlati ro‘yhatida o‘rin olmoqda.

1605983
O‘tgan yili chet ellik 100 ming bemor tishini davolatish uchun Turkiyani tanladi

Turkiya sog‘likni saqlash tarmog‘idagi yetakchi faoliyatlari, rivojlangan texnologiya va imkonlari orqali har yili minglab chet ellik sayyohni kuzatmoqda.

Sog‘likni saqlash turizmiga bo‘lgan qiziqish har yili ortmoqda, tishini davolatish uchun minglab bemor yana Turkiyani tanlamoqda.

Turkiya sog‘likni saqlash turizmida dunyoning yetakchi 10 davlati ro‘yhatida o‘rin olmoqda.

Soch ekish, estetika, sun’iy ekstrakorporal urug‘lantirish eng ko‘p tanlangan tibbiy xizmat turidir. Albatta, talab qilingan tibbiy xizmatlar bular bilangina cheklanib qolmagan.

Turkiya sog‘likni saqlash turizmi tarmog‘ida tish davolash usullarida ham dunyoda yetakchi o‘rinda. O‘tgan 2020 - yili hisobotiga ko‘ra chet eldan aniq 100 ming bemor tishini davolatishi uchun Turkiyani tanladi.

Turkiyani tanlagan davlatlar qatorida, sog‘likni saqlash tizimidagi muammolari yuzasidan Yevropa davlatlari yuqorida o‘rinda turadi.  

Tish doktori Sheyma Atach, Yevropaning Turkiyani tanlashi haqida,

“Chunki Yevropadagi sog‘likni saqlash tizimining tish bo‘limida vaqt masalasidan xavotirdalar. Shuningdek, moddiy jihatdan bizning mamlakatni (xizmatini) yana - da arzon deb topmoqdalar. Qolaversa bu tarmog‘imizning rivojlangani ham bunga yo‘l ochmoqda”. - dedi.  

Estetik ko‘rinishga ega bo‘lgan plomba, implantatsiya, yuzdagi tabassumni tuzatish estetikasi va tish protezlari eng ko‘p talab qilingan xizmatlardandir. Ayniqsa yuzdagi tabassumni tuzatish estetikasining oxirgi vaqtlarda eng ko‘p tanlangani kuzatildi.



Aloqador xabarlar