Kappadokiya - Turkiyaning tabiat, tarix va madaniyat turizmining muhim markazlaridan biridir

Kappadokiya, mahalliy va chet ellik sayyohlarning e’tiborini o‘ziga rom etishni davom etmoqda.

1600260
Kappadokiya - Turkiyaning tabiat, tarix va madaniyat turizmining muhim markazlaridan biridir
Kapadokya 10.jpg
kapadokya.jpg
Balon Kapadokya (1).jpg
turist turizm kapadokya.jpg
kapadokya.jpg
Kapadokya  balon3.jpg
Kapadokya  balon4.jpg
kapadokya.jpg

Turkiyaning tabiat, tarix va madaniyat turizmining muhim markazlaridan biri bo‘lgan Kappadokiyaga yilning ikki oyida 93 ming 128 sayyoh tashrif buyurdi.

Kappadokiya chiroyli va ertaknamo mo‘rilari, tabiiy qoyali komplekslari bilan muhabbat vodiylari, qoyadan o‘yib yasalgan tarixiy cherkov va manastirlari, yerosti turar - joy markazlari bilan issiq havo sharlari sayohati bosh bo‘lish bilan birga turli tadbirlari orqali mahalliy va chet ellik sayyohlarning e’tiborini o‘ziga rom etishni davom etmoqda.  

Nevshehir Madaniyat va turizm yetakchiligi ma’lumotiga ko‘ra mintaqadagi muzey va arxeologik joylar bilan tanishish uchun yanvar oyida 42 ming 560, fevral oyida esa 50 ming 568 sayyoh tashrif buyurgan.

Kappadokiyada bu yilning yanvar va fevral oylarida 30 ming 786 kishi tomonidan eng ko‘p Go‘reme Ochiq havo muzeyi tomosha qilindi.

Go‘reme shahar hokimi O‘mer Eren, yangi nazorat ostida yo‘lga qo‘yilgan oddiy hayot sharoitiga qaytish jarayonining boshlashi bilan mintaqaga tashrif buyurganlar sonining ortganini, ko‘rilgan chora va tadbirlar asosida turizmning sog‘lom muhitda davom ettirilganini ifoda etdi.

Kappadokiyaga kelgan mahalliy va chet ellik mehmonlarning Go‘reme shaharchasiga mutlaqo uchraganini qayd etgan Eren,

“Go‘reme Ochiq havo muzeyi va atrofidagi vodiylar mahalliy va chet ellik sayyohlarga quchoq ochmoqda. Ertaknamo mo‘rilar atrofidagi tarixiy va madaniy qadriyatlarni tomosha qilgan mehmonlarimiz, mintaqaga lol qolmoqda”. - dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Kappadokiya , #Go‘reme , #turizm

Aloqador xabarlar