Turkiya o‘tgan yili 124 ming tonna kartoshka, 220 ming tonna piyoz eksport qildi

Turkiya, dunyoning muhim kartoshka va piyoz yetishtiruvchi davlatlardan biridir.

1596355
Turkiya o‘tgan yili 124 ming tonna kartoshka, 220 ming tonna piyoz eksport qildi

Turkiyada o‘tgan yili 5 million 200 ming tonna kartoshka, 2 million 280 ming tonna piyoz yetishtirildi va 124 ming tonna kartoshka bilan 220 ming tonna piyoz eksport qilindi.

Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra dunyoning muhim kartoshka va piyoz yetishtiruvchi davlatlardan biri bo‘lgan Turkiya 2019 - yili, 4 million 979 ming 824 tonna kartoshka yetishtirgan. O‘tgan  2020 - yili esa bu raqam 4.4 foizga ko‘paygan holda, 5 million 200 ming tonnaga yetgan.

2019 - yili 2 million 200 ming tonna yetishtirilgan piyozda esa o‘tgan 2020 - yili 3.6 foizlik o‘sish kuzatilar ekan bu orqali umumiy raqam, 2 million 280 ming tonnani tashkil etgan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #kartoshka , #piyoz , #eksport

Aloqador xabarlar