Turkiyada baliq eksporti 12 foiz oshdi

Joriy yilning yanvar oyida Turkiyada baliq eksporti o’tgan yilning yanvar oyiga nisbatan 12 foiz oshib, 100 mln 809 ming dollarga teng bo’ldi.

1577383
Turkiyada baliq eksporti 12 foiz oshdi

 

Joriy yilning yanvar oyida Turkiyada baliq eksporti o’tgan yilning yanvar oyiga nisbatan 12 foiz oshib, 100 mln 809 ming dollarga teng bo’ldi.

Egey eksportchilar uyushmasi ma’lum qilishicha, Turkiyada 2020 yili suv mahsulotlari eksporti 1 mlrd 53 mln dollarni tashkil qildi. O’tgan yilning yanvar oyida 90 mln 298 ming dollarga teng bo’lgan baliq mahsulotlari eksporti 2021 yilning yanvar oyiga kelib, 100 mln 809 ming dollarni tashkil qildi.

Levrek balig’i eksportidan tushgan daromad 31 mln 677 ming dollarga teng bo’lib, ro’yxatda birinchi o’rindan joy oldi. Shuningdek, 25 mln 469 ming dollar qiymatida chipura balig’i eksport qilindi. Olabaliq eksportidan 10 mln dollar va orkinos balig’i eksportidan 10 mln dollar daromad olindi.

Turkiyada yetishtirilgan baliqlarga asosan Yevropa mamlakatlarida talab juda katta. Ushbu mahsulotlarning 80 foizi Yevropa davlatlarida iste’mol qilinmoqda.


Tanlangan kalimalar: #eksport , #baliq , #Turkiya

Aloqador xabarlar