Lutfi Elvan:"2021-yil makroiqtisodiy barqarorlikka yo‘naltirilgan islohotlar yili bo‘ladi"

Elvan, Turkiya Statistika qo‘mitasi (TÜİK) tomonidan bugun ma’lum qilingan inflyatsiya raqamlari ortidan 2021 - yili yo‘lga qo‘yiladigan pul va moliya siyosatini baholadi.

1557152
Lutfi Elvan:"2021-yil makroiqtisodiy barqarorlikka yo‘naltirilgan islohotlar yili bo‘ladi"

G’aznachilik va moliya vaziri Lutfi Elvan 2021 - yilning, makroiqtisodiy barqarorlikka yo’naltirilgan islohotlar yili bo’lishini qayd etdi.

Elvan, Twitter hisobi orqali mavzu haqida qoldirgan postida Turkiya Statistika qo’mitasi (TÜİK) tomonidan bugun ma’lum qilingan inflyatsiya raqamlari ortidan 2021 - yili yo’lga qo’yiladigan pul va moliya siyosatini baholadi.

Inflyatsiyaga qarshi kurashda yaxlit yondashuv bilan qarorli yo’l olishlarini eslatib o’tgan Elvan,

“Pul siyosatini, tizimli o'lchovda tashlangan qadamlar bilan qo’llab - quvvatlaymiz. 2021 - yil, makroiqtisodiy barqarorlikka yo’naltirilgan islohotlar yili bo’ladi”. - degan ifodalarga o’rin berdi.

Elvan, pul siyosati inflyatsiya asosida shakllangan bu davrda pandemiya sharoiti yaratgan qo’shimcha yordam ehtiyojining, tanlab olingan va maqsadli davlat moliyasi siyosatlari ustidan ta’minlanishiga e’tibor qaratib, moliyaviy intizomni sifatli va barqaror tuzilishga yetkazuvchi chora - tadbirlar ham ko’rilishini qayd etdi.

Inflytasiya, 2020 - yilning dekabr oyida 1.25 foizga ortar ekan, yillik asosda 14.60 bo’ldi.

 

 



Aloqador xabarlar