Quvaytda, fransuz mahsulotlarini boykot qilish kampaniyasi boshlatildi

Quvaytda, fransuz mahsulotlarini boykot qilish, turk mahsulotlariga bo‘lgan talabni esa orttirish kampaniyasi boshlatildi.

1517791
Quvaytda, fransuz mahsulotlarini boykot qilish kampaniyasi boshlatildi

Quvaytda fransuz rasmiylari tomonidan islom diniga qarshi aytilgan so‘zlar va Hazrati Muhammadni haqorat qilish maqsadida chizilgan karikaturalarning chop etilishiga e’tiroz bildirish maqsadida, “Fransuz mahsulotlarini boykot qilish, turk mahsulotlariga bo‘lgan talabni esa orttirish” kampaniyasi boshlatildi.

Quvaytliklar, ijtimoiy tarmoqda fransuz mahsulotlarini boykot qilish kampaniyasi doirasida, “Fransuz mahsulotlarini Turk mahsulotiga almashtir.” - degan xeshteg ochdi.

Unda mamlakatdagi nufuzli do‘konlarning fransuz mahsulotini boykot qilish kampaniyasiga qo‘shilgani qayd etildi.

Quvaytdagi 70 dan ortiq chakana savdo zanjiriga a’zo bo‘lgan Iste’molchilar kooperativlari ittifoqi, 23 – oktabrdan e’tiboran tokchadagi barcha fransuz mahsulotlarini olib tashlaganini e’lon qilgandi.

Quvayt Tashqi ishlar vaziri Ahmad Nosir al – Muhammad al – Saboh, haftaning yakshanba kuni Fransiyaning Quvayt elchisi Anne – Claire Legendrega, Fransiyaning dinlarga hujum qilish mazmunidagi bayonotlarini bas qilishi kerakligini yetkazgandi.

Saboh, o‘lkasining, islom dinini terrorizm bilan bog‘lash siyosatlarini rad etganini ham qayd etgan.  


Tanlangan kalimalar: #Quvayt , #boykot , #Fransuz mahsulotlari

Aloqador xabarlar