Bugungi kunda dunyo aholisining 10 foizi ochlikka qarshi kurashmoqda

Dunyo aholisining 10 foizini tashkil etgan 821.6 million inson, dunyoda yetarlicha oziq – ovqatga erisholmas ekan ularning 60 foizini barqarosizlik, urush va ichki urush davom etgan mintaqalardagi kishilar tashkil etmoqda.

1510470
Bugungi kunda dunyo aholisining 10 foizi ochlikka qarshi kurashmoqda

Dunyo aholisining 10 foizi ochlikka qarshi kurash olib bormoqda.

Dunyo aholisining 10 foizini tashkil etgan 821.6 million inson, dunyoda yetarlicha oziq – ovqatga erisholmas ekan ularning 60 foizini barqarosizlik, urush va ichki urush davom etgan mintaqalardagi kishilar tashkil etmoqda. 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi Butunjahon oziq - ovqat dasturi (WFP), Jahon Sog‘likni saqlash tashkiloti (WHO) bilan Oziq - ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hisobotidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra yetarli oziqlanmaslik va ochlik ayniqsa Afrika mamlakatlarida o‘lim va kasalliklarga qarshi kurasha olmaslikning eng asosiy sabablaridan biri qatorida ko‘rsatilmoqda.  

Dunyoda 462 million o‘spirimning yetarsiz oziqlanish va ochlikka qarshi kurashganini belgilab o‘tgan JSSTga ko‘ra, 5 yoshidan kichik 205 milliondan ortiq yosh bola esa yo och yoki vazni, yoshlari yoki boylariga nisbatan judayam kam. Besh yoshidan kichik o‘lgan bolalarning 45 foizi esa yetarli oziqlanmaganligi yoki ochlikdan jon bermoqda.

Ochlikdan o‘lganlar nisbati eng ko‘p qayd etilgan qit’alardan Afrika birinchi o‘rinda.

Osiyo qit’asida qariyb 500 million kishi ochlikka qarshi kurashar ekan dunyoda yoki yoshiga nisbatan vazni kam bo‘lgan har bir 10 boladan 9 nafari Osiyo va Afrikada umr surmoqda. Dunyodagi har bir 4 semiz boladan 3 nafari ham yana yuqorida nomi tilga olingan ikki qit’ada kuzatilmoqda. Bu mintaqalardagi semizlikning sababi esa zararli ovqatlanishga boqib taqalgani aytilmoqda.

Ochlik va yetarsiz ovqatlanish, o‘lim bilan birga kam vaznli chaqaloqlarning tug‘ilishiga ham yo‘l ochmoqda.

Dunyoda deyarli har 10 boladan 3 nafari 2.5 kilodan kam vaznda dunyoga kelar ekan Afrikada tug‘ilgan bolalarning 51.7 foizi ideal vaznga yetmagan holda dunyoga ko‘zlarini ochmoqda. Bu nisbat Osiyoda 23.1 foiz, Lotin Amerika va Karib dengizida esa 7.7 foiz ekani ma’lum qilindi.

 

 

 



Aloqador xabarlar