Ozarbayjonning Trans-Adriyatika tabiiy gaz quvur liniyasi xizmatga tayyor...

Ozarbayjonning Shox dengiz-2 neft konidagi tabiiy gazni Yevropaga yetkazadigan Trans-Adriyatika tabiiy gaz quvur liniyasining (TAP) qurilishi 4 yarim yildir davom etgan sa'y-harakatlar natijasida yakunlandi.

1508171

Ma’lumotga ko’ra, Turkiya-Gretsiya chegarasidan Italiya janubidagi tabiiy gaz terminaligacha gaz yetkazilgan ushbu liniya orqali yaqinda savdo faoliyatlari boshlanadi.

Mazkur Trans-Adriyatika tabiiy gaz quvur liniyasi (TAP) Turkiya-Gretsiya chegarasida Trans Anadolu tabiiy gaz quvur tarmoq liniyasi (TANAP) ga ulangandi.

Janubiy tabiiy gaz liniyalarining Yevropa yo’nalishini tashkil qiladigan Trans-Adriyatika tabiiy gaz quvur liniyasi Gretsiya, Albaniya va Adriyatika dengizidan o’tib, Italiyaga yetib boradi va yilda 10 mlrd kub metr tabiiy gaz olib boradi.

Trans-Adriyatika tabiiy gaz quvur liniyasining (TAP) 20 foizlik hissasini BP, SOCAR va Snam nazorat qilib boradi. Mazkur loyihada Fluxys 19 foiz, Enagas 16 foiz va Axpo kompaniyasi 5 foiz hissaga ega.

Tanlangan kalimalar: #tabiiy gaz , #Ozarbayjon , #TAP

Aloqador xabarlar