Uruskiy, “O‘z qurolini ishlab chiqarishda turk mehnatsevarliligining alohida o‘rni bor.”

Uruskiy, Ukrainaning “Ukrinform” axborot agentligiga bergan bayonotida Turkiyaning sanoat ishlab chiqarishda 15 yil avvalgiga solishtirgan a’lo darajaga yetganini ifoda etdi.

1484198
Uruskiy, “O‘z qurolini ishlab chiqarishda turk mehnatsevarliligining alohida o‘rni bor.”

Ukraina Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari va strategik industriyalaridan mas’ul vaziri Oleg Uruskiy, o‘z qurolini ishlab chiqarishda turk mehnatsevarliligining  alohida o‘rni borligini qayd etdi.

Uruskiy, Ukrainaning “Ukrinform” axborot agentligiga bergan bayonotida Turkiyaning sanoat ishlab chiqarishda 15 yil avvalgiga solishtirgan a’lo darajaga yetganini ifoda etdi.

“O‘rnak olinadigan bir necha jihati bor. Turkiyada mudofaa sanoati davlat va xususiy tarmoqda teng huquq va imkonlarga ega bo‘lgan tarmoqlardan biridir.” degan Uruskiy, o‘z qurolini ishlab chiqarishda turk mehnatsevarliligining alohida o‘rni borligiga e’tibor qaratdi.  

Turkiyaning o‘zining uchuvchisiz havo vositalari va vertolyotlarini ishlab chiqara olishini esaltib o‘tgan Uruskiy buning Turk rasmiylarning o‘rtoq strategik fikrlash tushunchasining mahsuloti ekanligini ta’kidladi.

Uruskiy, mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklikning ilk qadamining dvigatel, uchoq, zirhli transport vositasi, raketa, elektron urush uskunalari ishlab chiqarish tarmoqlarida amalga oshirilishi mumkinligini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz,

Uruskiy yetakchiligidagi hay’at o‘tgan hafta amaliy tashrif bilan 3 kun Turkiyada bo‘lib qaytgandi.

 



Aloqador xabarlar