Antaliyada turizm mavsumi ayniqsa avgust oyida qayta harakatlana boshladi

Turizm poytaxti Antaliya shu yilning 1 – yanvaridan 31 – avgustigacha (yirik qismi avgust oyida) 1 million 558 ming 737 sayyohga quchoq ochdi.

1484222
Antaliyada turizm mavsumi ayniqsa avgust oyida qayta harakatlana boshladi

Yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi yuzsidan kech boshlagan turizm mavsumi ayniqsa, avgust oyida qayta harakatlana boshladi.

Turizm poytaxti Antaliya shu yilning 1 – yanvaridan 31 – avgustigacha (yirik qismi avgust oyida) 1 million 558 ming 737 sayyohga quchoq ochdi.  

Antaliya uchun eng katta bozor hisoblangan Rossiyadan avgust oyida 336 ming 409, Ukrainadan 172 ming 118 va Britaniyadan 75 ming 556 sayyoh keldi. 

Shahar Kengashi turizm guruhi rahbari Rejep Yavuz, Xavfsiz turizm sertifikati dasturi orqali Turkiyaning butun dunyoga “sog‘lom va xavfsiz dam olish imkoni” taqdim etganini qayd etdi.

Antaliyaga qongan uchoq sonining kundan – kunga ortganini eslatib o‘tgan Yavuz, deyarli dunyoning barcha davlatidan sayyohlarning tashrif buyurganini ifoda etdi.

Iyul oyida harakatlanishlar kuzatilgani, avgust oyida esa jiddiy harakatlanishlarning qayd etilganiga e’tibor qaratgan Yavuz,

“Antaliya uchun avgust oyidagi vaziyat har doimgidan farqli edi. Rossiya bilan Ukraina bozori og‘ir bosdi. Ayniqsa Ukraina boshqalariga qaraganda ham erta boshladi ham da o‘tgan yilning avgust oyidagi raqamga nisbatan yuqori ko‘rsatgichga ega edi. Eng muhim kutilmagan hodisalardan biri esa Britaniya bo‘ldi. Britaniya 2016 – 2017 yillardagi avgust raqamlaridan o‘zib, ilk uch o‘ringa kirdi.” degan ifodalarga o‘rin berdi.  


Tanlangan kalimalar: #Antaliya , #turizm poytaxti , #turizm mavsumi

Aloqador xabarlar