Yevroosiyo kun tartibi 33 - qism

Dasturimizning bugungi sonida koronavirusga qarshi kurashda Turkiyaning Yevroosiyo mamlakatlariga bergan yordami haqida so‘z qilamiz.

1471766
Yevroosiyo kun tartibi 33 - qism

Yevroosiyo mintaqasidagi mamlakatlarda Covid – 19 pandemiyasi haligacha davom etmoqda. Mintaqa davlatlarida koronavirusga chalinganlar soni ortgani bois pandemiya haqidagi oxirgi vaziyat hamon jiddiyligicha qolmoqda. Mintaqadagi ba’zi kichik o‘lkalarda bemorlar soni aholi soniga nisbatan ancha yuqori. Shuning uchun Yevroosiyo mintaqasidagi mamlakatlarning ko‘pchiligi, pandemiyaga qarshi kurashda tashqaridan yordam olishni davom etmoqda.

Turkiya Respublikasi iyul oyida Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonga Covid – 19 ga qarshi kurash doirasida ikkinchi marotaba tibbiy yordam yetkazib berdi. Turkiya iyun oyida ham Afg‘onistonga tibbiy yordam yetkazib bergandi. Bu yordam paketida niqob turlaridan diagnostika to‘plami, dori – darmongacha turli ashyolar o‘rin oldi. Turkiyaning Yevroosiyo mintaqasidagi o‘lkalarda xizmat ko‘rsatgan diplomatik vakolatxonalari, Turkiyaga oid firmalar o‘z yordamlarini pandemiya paydo bo‘lgan birinchi kundan bunugacha davom ettirmoqda.

Turkiya Respublikasi Yevroosiyo mintaqasi mamlakatlarini pandemiya jarayonidagi shifokor kamchiligini to‘liqlash uchun Turkiyada faoliyat olib borgan yoki shu sohada malaka oshirayotgan shifokorlarni ma’lum vaqtgacha yurtiga borib, bemorlarni davolashlari uchun ruxsat berdi. Shuningdek, tomonlar talabiga muvofiq turk shifokorlardan iborat hay’atlar tajriba almashish uchun mintaqa davlatlariga bordi. Masalan, o‘tgan oyda talabiga binoan turk shifokorlardan tashkil topgan hay’at O‘zbekistonda bo‘ldi.

Turkiyaning tegishli tashkilotlari Covid – 19 ga qarshi kurash doirasida mintaqa mamlakatlarining rasmiylari bilan muvofiqlashtirish, maslahatlashuvlar va muzokaralarni to‘xtamay davom ettirmoqda. Turkiya bu qadamlari bilan pandemiyaga qarshi kurashda Yevroosiyo o‘lkalarining yonida ekanligini ko‘rsatishga urinmoqda.  

Turkiya Respublikasining pandemiya jarayonini yaxshi boshqarayotganligi Yevroosiyo davlatlarining e’tiborini o‘ziga tortmoqda. Turkiya Respublikasi Sog‘likni Saqlash vazirligi kuz mavsumida Turk kengashi tarkibidagi davlatlarga mansub hay’atni Turkiyada mehmon qilib, ular bilan bu boradagi tajribasini bo‘lisha boshlaydi. Aslida tashkilotga a’zo davlatlarning shifokorlari orasida online tajriba almashish masalasi allaqachon boshlagandi. Turkiyaning Sog‘likni saqlash tarmog‘iga kirgizgan investitsiyalar, o‘lkaning pandemiya jarayonini muvaffaqiyatli boshqarishi, Turkiyani yaqin kelajakda dunyoning sog‘likni saqlash tarmog‘i turizmi markazlaridan biriga aylantiradi.  

Covid – 19 pandemiyasi boshlagan davrdan bugungi kungacha Turkiya dunyoning qariyb 130 davlatiga yordam qo‘lini cho‘zdi. Turkiyaning yaqin, do‘st va qardosh o‘lkalarga bergan yordami esa berilgan misollarda qayd etilganidek uzluksiz davom etmoqda. Turkiya yaqin atrogfi bilan tig‘iz hamkorlik o‘rnatish orqali qiyinchiliklarni birgalikda yengib o‘tishlarini va birgalikda rivojlanishini do‘st va qardosh davlatlarga namoyish etish niyatida.    

Turkiyaning markaziga insonni qo‘ygan, uning faol tashqi siyosatining aniq va foydali ekanligi pandemiya jarayonida har jihatdan o‘zini yaqqol ko‘rsatdi. Anqaraning bu siyosati Yevroosiyo mintaqasidagi mamlakatlarning oddiy fuqarolariga judayam foydali bo‘lmoqda. Dunyoning eng kuchli 10 davlati qatorida o‘rin olishni ko‘zlagan Turkiya, Turk dunyosi va yaqin atrofi uchun o‘rnak tashkil etgan davlat bo‘lish yo‘lida shaxdam qadamlar ila davom etmoqda. Bunga qo‘shimcha sifatida mintaqa davlatlari o‘zaro birdamligini ham davom ettirgudek bo‘lsa unda bu jarayondan yana – da kuchli chiqishiga ishonchimiz komil.  


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Yevroosiyo mintaqasi , #Covid - 19

Aloqador xabarlar