Germaniya Turkiyaga sayohat cheklovini qisman bekor qildi

Nemis sayyohlar Germaniyaga qaytishdan 48 soat avval koronavirusga qarshi test qildirishi majburiy.

1467214
Germaniya Turkiyaga sayohat cheklovini qisman bekor qildi

 

Germaniya Turkiyaga sayohat cheklovini qisman bekor qildi.

Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vazirligining rasmiy sahifasida e’lon qilingan.

Ma’lumotga ko’ra, nemis sayyohlar Turkiyaning Aydin, Mug’la, Izmir va Antaliya shaharlariga kelib dam olishiga ruxsat berilgan.

Sayyohlar Germaniyaga qaytishdan 48 soat avval koronavirusga qarshi test qildirishi majburiy.

Eslatish joizki, Germaniya avval COVID-19 tufayli 31 avgustga qadar Yevropa Ittifoqi va Schengen hududidan tashqari 160 davlatga sayohatni cheklagandi.

Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Erso’y: “Turkiya "Sog’lom turizm sertifikati" dasturi asosida nemis sayyohlarni kutib olishga tayyor!”,-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #turizm , #sayyoh , #Germaniya

Aloqador xabarlar