Turkiya va Rossiya o’rtasida aviaqatnovlar 1 avgustdan boshlanadi

Ertaga, 1 avgustdan boshlab Turkiyaning Anqara va Istanbul shaharlariga Rossiyaning Moskva, Sankt Peterburg va Rostov shaharlaridan parvozlar boshlanadi.

1465212
Turkiya va Rossiya o’rtasida aviaqatnovlar 1 avgustdan boshlanadi

 

Turkiya va Rossiya o’rtasida COVID-19 pandemiyasi tufayli to’xtatilgan aviaqatnovlar tiklandi.

Ertaga, 1 avgustdan boshlab Turkiyaning Anqara va Istanbul shaharlariga Rossiyaning Moskva, Sankt Peterburg va Rostov shaharlaridan parvozlar boshlanadi.

10 avgustdan e’tiboran esa, Antaliya, Bodrum va Dalaman shaharlariga ikki tomonlama aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

Ta’kidlanishicha, o’tgan yili Turkiyaga Rossiyadan 7 mln sayyoh kelgandi. Rossiya Turkiyaga sayyoh yuborgan davlatlar ro’yxatida birinchi o’rinda turadi.

 


Tanlangan kalimalar: #aviaqatnov , #Rossiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar