Rus sayyohlar Turkiyaga aviaqatnovlar tiklanishini kutmoqda

Moskva hukumati 1 avgustda Anqara va Istanbulga, 10 avgustda Antaliya, Bodrum va Dalamanga aviaqatnovlar tiklanishini ma’lum qildi.

1464098
Rus sayyohlar Turkiyaga aviaqatnovlar tiklanishini kutmoqda

 

Rossiya sayyohlik operatorlari ittifoqi rahbari Maya Lomidze Rossiya hukumatining avgust oyida aviaqatnovlarni tiklash to’g’risidagi qaroridan so’ng, millionlab rus sayyohlar Turkiyaga sayohatga otlanganligini ma’lum qildi.

Maya Lomidze bu haqda “Govorit Moskva” radiosiga intervyu berdi.

“Millionlab ruslar eng qulay fursatda Turkiyaga sayohat qilishga tayyor. Zero, juda murakkab bir yil bo’ldi. Hamma dam olish va avvalgi normal hayotiga qaytishni xohlaydi”,-deb aytgan Maya Lomidze.

Uning fikricha, bu yil Rossiyada dam olishni xohlamagan rus sayyohlar Turkiyaga sayohat qiladi.

Eslatish joizki, Rossiya 27 martda koronavirus pandemiyasi tufayli xalqaro aviaqatnovlarni to’xtatgandi.

Moskva hukumati 1 avgustda Anqara va Istanbulga, 10 avgustda Antaliya, Bodrum va Dalamanga aviaqatnovlar tiklanishini ma’lum qilgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #turizm , #sayohat , #Turkiya , #Rossiya

Aloqador xabarlar