Ukrainaliklar Turkiyaning sayyohlar uchun yaratgan sharoitidan mamnun

Ukraina Tashqi Ishlar vaziri Dmitro Kuleba, Antaliyada jurnalistlar savoliga javob berdi.

1448711
Ukrainaliklar Turkiyaning sayyohlar uchun yaratgan sharoitidan mamnun

Ukraina Tashqi Ishlar vaziri Dmitro Kuleba, “Turkiya sayyohlar uchun maksimal darajada chora ko‘ripdi. Men ularni o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim” dedi.

Oddiy hayot sharoitida shaharga tashrif buyurgan birinchi mehmon davlat vaziri sifatida Ukraina Tashqi Ishlar vaziri Dmitro Kuleba, Antaliyaning Serik tumani, Belek Turizm markazidagi mehmonxonalardan birida Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan “Turkiya – Ukraina Mushtarak strategik rejalashtirish guruhining sakkizinchi yig‘ilishi” ortidan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida jurnalistlar savoliga javob berdi.

“Ukrainalik sayyohlar Turkiyaga kela boshladi. Bunga sabab, Turkiyaning Covid – 19 pandemiyasiga qarshi kurashimi?” degan savolga qarshi Kuleba, Ukraina sifatida dam olish joyi sifatida yagona talablarining “xavfsizlik” ekanligini eslatib o‘tgan holda,

“Turkiya sayyohlar uchun maksimal darajada chora ko‘ripdi. Men ularni o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Turk kasbdoshim ham aytganidek hammasining to‘g‘ri ekanligiga shaxsan guvoh bo‘ldim” deya gapirdi.

Ikkala mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmining yaxshi ekanligini ham ta’kidlagan Kuleba, Ukrainada Turk mahsulotlarini osonlikcha har joydan topish mumkinligini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar