Qatar, Suriya xalqiga yana 100 million dollar miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatadi

Qatar, insoniy inqiroz boshlaganidan beri Suriya xalqiga 1 milliard dollardan ortiq moliyaviy yordam ko‘rsatgan.

1446692
Qatar, Suriya xalqiga yana 100 million dollar miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatadi

Qatar Tashqi Ishlar vaziri Muhammad bin Abdurrahmon al – Soniy, yurtining yordamga muhtoj Suriya xalqiga 100 million dollar yordam berishini ma’lum qildi.  

Qatarning QNA rasmiy axborot agentligi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra Tashqi Ishlar vaziri Muhammad bin Abdurrahmon al – Soniy, videomuloqat orqali uyushtirilgan “Suriya va mintaqaning kelajagini qo‘llab – quvvatlash” degan to‘rtinchi Bryusssel konferentsiyasidagi nutqida, yurtining Suriya xalqiga yana 100 million dollar yordam berishini va’da qildi.

Al – Soniy, bu va’daning, Qatarning qardosh Suriya xalqiga qarshi xalqaro va insoniy vazifasini bajarish masalasidagi terang ishonchiga tayanganini qayd etdi.

Al – Soniy, “Qatarning Suriyadagi insoniy inqiroz boshlaganidan beri Suriya xalqiga bergan yordami 1 milliard dollardan oshdi” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Suriya rejimini, “O‘ldirish mashinasi” deb ta’riflagan Al – Soniy, xalqaro hamjamiyatning bu rejimni to‘xtatish vazqti kelganini ifoda etdi.

 



Aloqador xabarlar