Iqtisodiy ishonch indeksi iyun oyida 19.1 foiz oshib, 73.5 foizni tashkil qildi

Turkiya statistika tashkiloti iyun oyiga doir iqtisodiy ishonch indeksi haqida ma’lumot berdi.

1445271
Iqtisodiy ishonch indeksi iyun oyida 19.1 foiz oshib, 73.5 foizni tashkil qildi

 

Iqtisodiy ishonch indeksi iyun oyida 19.1 foiz oshib, 73.5 foizni tashkil qildi.

Turkiya statistika tashkiloti iyun oyiga doir iqtisodiy ishonch indeksi haqida ma’lumot berdi.

Ma’lumotga ko’ra, indeks joriy oyda may oyiga nisbatan 19.1 foiz oshib, 73.5 foizni tashkil qildi. Iqtisodiy ishonch indeksidagi o’sish iste’molchi, ishlab chiqarish sanoati, xizmat sektori, ulgurji savdo va inshoot sektorlarining ishonch indekslaridagi o’sishdan kelib chiqqan.

Iste’molchi ishonch indeksi iyunda 5.2 foiz oshib, 62.6 foizni tashkil qildi. Shuningdek, xizmat sektori ishonch indeksi 8.5 foiz ortish bilan 55.5 foizga, ulgurji savdo sektori ishonch indeksi 9.3 foiz oshib, 86.4 foizga, inshoot sektori ishonch indeksi 33.1 foiz oshib, 78 foizga yetdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Iqtisodiy ishonch indeksi

Aloqador xabarlar