Rossiyaning Anqaradagi elchisi Yerhov, Covid-19 jarayonidagi Turkiyaning turizm xizmatini baholadi

Rossiyaning Anqaradagi elchisi Aleksey Yerhov, yangi turdagi koronavirus (Covid-19) jarayonidagi Turkiyaning turizm xizmatini baholadi.

1444453
Rossiyaning Anqaradagi elchisi Yerhov, Covid-19 jarayonidagi Turkiyaning turizm xizmatini baholadi

Rossiyaning Anqaradagi elchisi Aleksey Yerhov, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi jarayonida Turkiyaning, sayyohlar sonidagi ortishni davom ettirish va dam olish uchun kelgan sayyohlarning sog‘ligi va xavfsizligi uchun olgan tadbirlaridan qattiq ta’sirlanganini qayd etdi.

Yerhov, o‘tgan hafta Antaliyada dunyoning bir necha davlatining elchisi ishtirokida uyushtirilgan “Qayta kashf qilish” tadbirida aytilgan va Turkiyaning koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashdagi qayta tiklanish jarayonida sayyohlarga taqdim etgan xizmatlari va Xavfsiz turizmni sertifikatlash tizimi baholadi.

“Turk tomonining, sayyohlar sonidagi ortishni davom ettirish va dam olish uchun kelgan sayyohlarning sog‘ligi va xavfsizligi uchun olgan tadbirlaridan qattiq ta’sirlandim” degan Yerhov, shu jumladan aeroportlar, mehmonxonalar va boshqa turistik makonlarda ko‘plab faoliyatlar olib borilganiga e’tibor qaratdi.

Yerhov, Turkiyaning “Xavfsiz turizmni sertifikatlash tizimi” uchun maqul tizim o‘ylab topganini ta’kidlagan holda,

“Ushbu tizimni, dunyoning boshqa davlatlari ham o‘rgansa arzidi degan firkdaman” dedi.



Aloqador xabarlar