Covid – 19ni yengish uchun 31.3 milliard AQSh dollariga ehtiyoj tug‘ilishi mumkinligi aytilmoqda

Covid – 19ni yengish uchun 31.3 milliard AQSh dollariga ehtiyoj tug‘ilishi mumkinligi aytilmoqda

1444346
Covid – 19ni yengish uchun 31.3 milliard AQSh dollariga ehtiyoj tug‘ilishi mumkinligi aytilmoqda

Jahon Sog‘likni saqlash tashkiloti yetakchiligidagi yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi kurash komissiyasi kelasi 12 oyda test, davolsh va vaktsina uchun 31.3 milliard AQSh dollariga ehtiyoj tug‘ilishi mumkinligini qayd etdi.

Tashkilot Bosh direktori doktor Tedros Adhanom Ghebreyesus ham ishtirok etgan videokonferantsiya orqali uyushtirilgan tadbirda nutq so‘zlagan “ACT – Accelerator” dasturi maxsus vakili Ngozi Okonjo – Ivela, “Kam ta’minlangan va o‘rta daromadli davlatlarda tashhis va davolash uchun 12 oydan ko‘proq, vaktsina uchun esa 18 oy kerak” dedi.

Avval Jahon bankida vitse – prezidentlik vazifasini ham bajargan Okonjo – Ivela, koalitsiyaning virusga qarshi kurash doirasida kelasi 12 oyda test, davolash va vaktsina uchun 31.3 milliard AQSh dollariga ehtoyij borligini, bunga qarshi bugungacha faqatgina 3.4 milliard dollar yig‘ilganini qayd etdi.



Aloqador xabarlar