Egey dengizidan yunon orollariga yo‘lga chiqqan muhojirlar qutqarildi

Egey dengizidan yunon orollariga yo‘lga chiqqan chet ellik 62 muhojir qutqarildi.

1443623
Egey dengizidan yunon orollariga yo‘lga chiqqan muhojirlar qutqarildi

Turkiyaning Chanoqqal’a viloyatining Ayvajik tumanidagi dengiz qirg‘og‘idan uzoq nuqtada Yunon Sohil xavfsizlik unsurlari tomonidan Turk hududiy suvlariga qaytarilgan 62 muhojir qutqarildi.

Yunonistonning Lesbos oroliga o‘tishga uringan muhojirlar, puflangan qayiqlar orqali Ayvajik tumanidan Egey dengizi orqali yo‘lga chiqqan.

Yunon Sohil xavfsizlik xodimlari tomonidan Turk hududiy suvlariga qaytarilganligi qayd etilgan va dunyoning turli davlatlariga mansub 62 fuqaroning qayerda ekanligi aniqlandi.

Turk Sohil xavfsizlik xodimlari tomonidan qutqarilgan muhojirlar, Ayvajik tumaniga qarashli Kuchukkuyu shaharchasida sohil xavfsizlik bo‘limiga olib kelindi.


Tanlangan kalimalar: #Egey dengizi , #muhojirlar , #Lesbos oroli

Aloqador xabarlar