Erdo‘g‘an: “Turkiya rivojlangan eng yirik 10 davlat qatoriga qo‘shilish arafasida.”
Prezident Erdo‘g‘an, Qars to‘g‘oni ochilish marosimida so‘zlagan nutqida mamlakatning iqtisodiy masalasini baholadi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Turkiyaning iqtisodiy jihatdan rivojlangan eng yirik 10 ta davlat qatoriga qo‘shilish arafasida ekanligini qayd etdi.
Prezident Erdo‘g‘an Qars to‘g‘oni ochilish marosimida so‘zlagan nutqida,
“Hukumatimiz ish boshlaganida yurtimizda jami 276 ta to‘g‘on bor edi. Bugungi kunga kelib oxirgi 18 yildagi 585 - to‘g‘onni ishga tushiryapmiz. Shaharlarimizni to‘g‘onlar, gidroelektrostantsiyalar, ichimlik suvi ta’sislari, sug‘orish kanallari bilan ta’minlab, har doim xalqimizning farovonligini oshirdik” dedi.
“Turkiyaning demokratiya va iqtisodiy tarmoqda tashlagan shahdam qadamlarining eng konkret natijalarini yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi davrida ko‘rdik” degan Erdo‘g‘an,
“Hatto rivojlangan davlatlar ham chorasiz qolgan pandemiya jarayonini, ham sog‘likni saqlash tarmog‘idagi infratuzilmamiz ham da oziq – ovqat, gigena xavfsizligi jihatidan o‘rnak tashkil etadigan yetakchilik bilan o‘z zimmamizga oldik” degan ifodalarga o‘rin berdi.
Iqtisodiyotda kuchli qayta tiklash jarayoni borligini belgilab o‘tgan Erdo‘g‘an,
“2020 – yilning birinchi choragida, mart oyining muhim qismini pandemiyaga qarshi kurash bilan o‘tkazdik. Shunga qaramay 4.5 foizlik o‘sish nisbatini qo‘lga kiritdik. Markaziy bank valyuta zaxiramizni takror 93 milliard dollardan orttirdik. Yilning ikkinchi yarmi bilan birgalikda iqtisodiyotda haqiqatdan ham jadallik kutyapmiz. Turkiyani dunyoning iqtisodiy jihatdan rivojlangan 10 davlati qatoriga qo‘shish rejamizga har doimgidan ham yaqinmiz” deya gapirdi.